Foto: Getty Images
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bolalarning himoya niqoblari taqishi bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berdi. Ularga ko‘ra, 12 yoshdan katta bolalargagina niqob taqish majburiy hisoblanadi. 5 yoshgacha bolalardan niqob taqishni talab qilish kerak emas.
“5 yoshgacha va undan kichik bolalardan niqob taqishni talab qilish kerak emas. Bu bolaning xavfsizligi va manfaatlariga hamda niqobni minimal yordamda tegishlicha qo‘llay olishiga asoslangan”, deyilgan JSST tavsiyasida.
6 yoshdan 11 yoshgacha bolalarning niqob taqishida bir nechta omillarni hisobga olish lozim: hududda koronavirusning tarqalganligi darajasi, bolalarning niqobdan foydalana olishi hamda niqobning bolaning ta’lim olishi va ruhiy rivojlanishiga ta’siri.
12 yoshdan katta bolalar esa kattalar niqob taqishlari kerak bo‘lgan sharoitlarda niqob taqishlari shart. “Misol uchun, bolalar 1 metrdan kattaroq ijtimoiy masofaga rioya qila olmaganlarida yoki koronavirus tarqalishi darajasi yuqori bo‘lgan hududlarda”, deyilgan JSST tavsiyasida. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi
Hokimlik xodimi firibgarlik ortidan qo‘lga tushdi
Andijonda kelin erining uyidan seplarini MIB orqali qaytarib oldi
Daniyada endi ayollar ham majburiy harbiy xizmatni o‘taydi
Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor?
O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti
Iordan daryosi G‘arbiy sohilida falastinlik talabalar nemis diplomatini tadbirdan quvib chiqardi