Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro xalqaro aeroporti binosida mutasaddi rahbarlar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazdi.
Hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, jumladan, bugungi murakkab sharoitda aholini ish bilan ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish, pandemiya sababli zarar ko‘rgan iqtisodiyot tarmoqlarini tiklash masalalari batafsil ko‘rib chiqildi.
“Temir daftar”, “yoshlar daftari” va “ayollar daftari” tizimlarida bajarilayotgan ishlar muhokama qilindi.
– Bugun hududlarimizda yoshlar va ayollar muammolarini chuqur tahlil qilish va samarali hal etish kun tartibidagi eng asosiy masalalardan biri bo‘lib qolyapti. Maqsadimiz – inson qadr-qimmatini joyiga qo‘yish, – dedi davlatimiz rahbari.
Pandemiya davrida Buxoro viloyatiga xorijdan qaytib kelgan 8 ming fuqarodan 7 ming nafari ish bilan ta’minlandi. Bandlik masalasi izchillik bilan hal etib borilishi yuzasidan mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Yig‘ilishda investitsion loyihalar va eksport masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.
Jumladan, joriy yilda Buxoro viloyati bo‘yicha 571ta shunday loyiha amalga oshirilish, bu bilan 14 ming ish o‘rni yaratish rejalashtirilgan.
Yil yakuni bo‘yicha eksport hajmi 184 million dollarni tashkil etishi kutilmoqda.
Mamlakatimizning har bir hududi kabi Buxoro zamini ham ulkan qurilish maydoniga aylangan. Birgina viloyat markazining o‘zida 700 ta ob’ekt barpo etilmoqda.
Yig‘ilishda ta’kidlanganidek, asosiy maqsad – Buxoroda boshlangan keng miqyosli islohotlarni jadal davom ettirish.
Muhokama qilingan masalalar bo‘yicha amalga oshirilayotgan va rejalashtirilgan ishlar to‘g‘risida mutasaddilarning hisobotlari eshitildi, ularni o‘z vaqtida va samarali bajarish borasida qo‘shimcha topshiriqlar berildi.
Yig‘ilishdan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkentga jo‘nab ketdi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
Qirg‘iziston prezidenti Moskvadagi 9 may paradida ishtirok etadi
Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi
Braziliyada suv toshqinlari: qurbonlar soni 75 kishiga yetdi
Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Ukrainada urushning 801-kuni: Odessadagi yong‘inlar va Chasiv Yar atrofida jang qilayotgan «Vampir»