14:00 / 24.08.2020
1 889

AQSH O‘zbekistonga 200 ta o‘pkani sun’iy shamollatish moslamasini taqdim etdi

AQSH O‘zbekistonga 200 ta o‘pkani sun’iy shamollatish moslamasini taqdim etdi
O‘zbekiston elchixonasi ma’lumotlariga ko‘ra, AQSHdan mamlakatimizga umumiy qiymati 2,5 million dollar bo‘lgan 200 ta o‘pkani sun’iy shamollatish moslamalari yuborildi. Bu haqda «Dunyo» AA xabar berdi.

O‘pkani sun’iy shamollatish moslamasi Prezident Donald Tramp ma’muriyati tomonidan iyun oyida e’lon qilingan insonparvarlik yordamining bir qismi sifatida xayriya qilinmoqda.

O‘zbekistondagi koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashni qo‘llab-quvvatlash uchun ushbu tibbiy jihozlarni yetkazib berish Vashingtonda elchixona tomonidan Oq uy ma’muriyati, Davlat departamenti va AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) vakillari bilan o‘tkazilgan bir qator maslahatlashuvlar natijasi bo‘ldi.

Jihozlarning texnik xususiyatlari diplomatik vakolatxonamizning USAID sog‘liqni saqlash idorasi vakillari va Kaliforniya universiteti ekspert-anesteziologlari bilan uchrashuvida taqdim etildi. Ma’lumki, tibbiy asbob-uskunalar tibbiy maqsadlar uchun texnologiyalar va dasturiy ta’minotlarni ishlab chiqish bo‘yicha 40 yildan ortiq tajribaga ega bo‘lgan Amerikaning «Zoll Medical Corporation» kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariladi.

Taqdim etilgan o‘pkani sun’iy shamollatish moslamalari O‘zbekiston sog‘liqni saqlash muassasalarining texnik infratuzilmasini hisobga olgan holda maxsus buyurtma asosida ishlab chiqarildi. Xususiyatlariga ko‘ra, ushbu vositalar statsionar davolanishda ham, havo tibbiy transportida yoki tez yordam mashinalarida tashish paytida intensiv terapiya uchun ishlatiladi.

O‘pka sun’iy shamollatish moslamalari ushbu modelini qo‘llagan Kaliforniya universiteti amaliyotchilari uning COVID-19 bilan kasallanganlarni davolashda, shu jumladan, bemor o‘z-o‘zidan nafas ololmaganda kasallikning og‘ir bosqichida samarali ekanligini tasdiqladilar. Ushbu qurilmalar o‘pkalarni sun’iy ravishda shamollatishning turli usullaridan foydalanish va bemorlarning hayotiy funksiyalarini chaqaloqlardan tortib kattalarga qadar qo‘llab-quvvatlashga imkon beradi.

Elchixona ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu moslamalar Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan mamlakatimizning barcha mintaqalaridagi 62 tibbiyot muassasalari o‘rtasida taqsimlanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » AQSH O‘zbekistonga 200 ta o‘pkani sun’iy shamollatish moslamasini taqdim etdi