15:08 / 24.08.2020
2 403

Jizzaxda sodir bo‘lgan YTHda yo‘l chetida savdo qilayotgan bola jarohatlandi

Jizzaxda sodir bo‘lgan YTHda yo‘l chetida savdo qilayotgan bola jarohatlandi
Foto: Videodan skrinshot
Jizzax shahri «Mirzo Ulug‘bek» mahallasi hududidagi Toshkent ko‘chasida Nexia haydovchisi o‘zidan oldinda qayrilib olayotgan boshqa bir Nexia’ni urib yuborgan. Bu haqda YHXBB axborot xizmati xabar qildi.

2002 yilda tug‘ilgan haydovchi o‘zidan oldinda chapga qayrilayotgan 1966 yilda tug‘ilgan fuqaro boshqaruvidagi Nexia’ni quvib o‘tish uchun qarama-qarshi yo‘nalishga chiqqan va mashinalar to‘qnashgan. Oqibatda yo‘l chetida savdo qilayotgan 10 yoshli bolaga jarohat yetgan.

Foto: Videodan skrinshot
2010 yilda tug‘ilgan jabrlanuvchi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Jizzaxda sodir bo‘lgan YTHda yo‘l chetida savdo qilayotgan bola jarohatlandi