21:30 / 29.08.2020
1 757

Xizmat ko‘rsatuvchi korxonaning qarzdorliklari undirib berildi

Xizmat ko‘rsatuvchi korxonaning qarzdorliklari undirib berildi
«Angor» tumani yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi (TYFUK) xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar bilan shartnoma asosida xizmatlaridan foydalanib, ko‘rsatilgan xizmatlar uchun shartnomadagi pul mablag‘larini o‘z vaqtida to‘lab bermagan.
Xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudiga da’vo arizasi bilan murojaat qilgandan so‘ng qarzdorlikni undirish belgilandi.

Mazkur sudning qaroriga asosan qarzdor «Angor» TYFUKdan undiruvchi «Transyo‘lqurilish» DUK foydasiga jami 267.1 million, «Texno standart Test» MCHJ foydasiga 7,9 million so‘m qarz hamda davlat foydasiga 628 ming so‘m davlat boji undirish to‘risidagi ijro hujjati Majburiy ijro byurosi Angor tuman bo‘limi zimmasiga yuklatildi.

Byuronig tuman bo‘limi tomonidan «Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida»gi Qonunining tegishli moddalariga asosan yig‘ma ijro ishi yurituviga birlashtirilib ijro harakatlari olib borildi.

Ijro xarakatlari davomida, qarzdorning bankdagi xisob raqamlari xatlanib, inkasso topshiriqnomalari qo‘yilishi natijasida, qarzdordan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar hamda davlat foydasiga jami 275.650.000 so‘m qarzdorlik to‘liq undirilishi ta’minlandi.
Majburiy ijro byurosi tuman bo‘limi tomonidan qarzdor tashkilotga nisbatan qo‘llanilgan barcha cheklovlar bekor qilinib, ijro hujjati tamomlandi.

Majburiy ijro byurosi
Surxondaryo viloyat boshqarmasi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Xizmat ko‘rsatuvchi korxonaning qarzdorliklari undirib berildi