
O‘zbekiston Mustaqilligining 29 yilligi munosabati bilan 3 kun davomida Toshkent metrosi aholi uchun bepul xizmat qiladi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
«Bayram kunlari, ya’ni 31 avgust hamda 1-2 sentabr kunlari yurtdoshlarimiz jamoat transporti gultoji bo‘lgan metrodan bepul foydalanishlari mumkin.
Bu ulug‘ kunlar nashidasi hamisha yurtimiz va har bir xonadonda hukmron bo‘lsin. Vatan istiqlol va u bergan imkoniyatlar hech ham bizni tark etmasin. Mustaqillik bayrami muborak bo‘lsin», deyiladi vazirlik tabrigida.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 30 avgust kunidan yerusti metrosining «Do‘stlik-2» - «Qo‘yliq» yo‘nalishida poyezdlar harakati boshlandi. 29 avgust kuni esa Yunusobod yo‘nalishida yana ikki bekat - «Yunusobod» va «Turkiston» bekatlari ish boshlagandi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda Mustaqillik bayrami arafasida 3 kun ketma-ket dam olish kuni bo‘ladi. 29 avgust — shanba dam olish kuni 31 avgust — dushanba ish kuniga ko‘chirilgan.
O‘zbekiston MustaqilligiToshkent MetrosiBayram KunlariJamoat TransportiBepul FoydalanishTransport Vazirligi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar