19:30 / 30.08.2020
1 847

Bayram kunlari Toshkent metrosidan foydalanish bepul bo‘ladi

Bayram kunlari Toshkent metrosidan foydalanish bepul bo‘ladi
O‘zbekiston Mustaqilligining 29 yilligi munosabati bilan 3 kun davomida Toshkent metrosi aholi uchun bepul xizmat qiladi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

«Bayram kunlari, ya’ni 31 avgust hamda 1-2 sentabr kunlari yurtdoshlarimiz jamoat transporti gultoji bo‘lgan metrodan bepul foydalanishlari mumkin.

Bu ulug‘ kunlar nashidasi hamisha yurtimiz va har bir xonadonda hukmron bo‘lsin. Vatan istiqlol va u bergan imkoniyatlar hech ham bizni tark etmasin. Mustaqillik bayrami muborak bo‘lsin
», deyiladi vazirlik tabrigida.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 30 avgust kunidan yerusti metrosining «Do‘stlik-2» - «Qo‘yliq» yo‘nalishida poyezdlar harakati boshlandi. 29 avgust kuni esa Yunusobod yo‘nalishida yana ikki bekat - «Yunusobod» va «Turkiston» bekatlari ish boshlagandi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda Mustaqillik bayrami arafasida 3 kun ketma-ket dam olish kuni bo‘ladi. 29 avgust — shanba dam olish kuni 31 avgust — dushanba ish kuniga ko‘chirilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bayram kunlari Toshkent metrosidan foydalanish bepul bo‘ladi