
Arxiv foto
«Burj Halifa» osmono‘par binosi bugun O‘zbekiston bayrog‘i ranglarida gavdalanadi. Bu haqda «Dunyo» AA xabar berdi.
Mamlakatimizning Birlashgan Arab Amirliklaridagi diplomatik vakolatxonasi ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 29 yilligi munosabati bilan Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida joylashgan dunyoning eng baland imorati «Burj Halifa»da O‘zbekiston bayrog‘i 2020 yil 1 sentabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:45da 1 minut davomida namoyish etiladi.
Elatib o‘tamiz, mamlakatimizning ushbu davlatdagi elchixonasi tashabbusi bilan mazkur tadbir 2019 yilda ham muvaffaqqiyatli amalga oshirilgan edi.
Burj HalifaO‘zbekiston Bayrog‘iDubay ShahridaMustaqillik YilligiBirlashgan Arab AmirliklariOsmono‘par Bino O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar