09:57 / 02.09.2020
2 709

Oliy ta’limda yangi o‘quv yili onlayn tarzda yo‘lga qo‘yiladi

Oliy ta’limda yangi o‘quv yili onlayn tarzda yo‘lga qo‘yiladi
Bugun, 2 sentabrdan boshlab 2020/2021 o‘quv yili rasman boshlandi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabar berdi.
Respublika oliy ta’lim muassasalaridagi o‘quv jarayoni tasdiqlangan o‘quv rejalari asosida masofaviy shaklda onlayn tarzda yo‘lga qo‘yiladi.

Avvalroq, davlat OTMlarida kunduzgi ta’lim shaklida o‘qiyotgan barcha talabalarga 10 foiz chegirma berilishi xabar qilingandi.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Moliya vazirligi tomonidan takliflar ishlab chiqildi.

Unga ko‘ra, 2020/21 o‘quv yilida amaldagi bazaviy to‘lov-kontrakt miqdori uchun kunduzgi shaklda o‘qiydigan barcha talabalarga 10 foiz chegirma beriladi.

OTMlar tomonidan yetim, chin yetim, nogiron bo‘lgan talabalarga hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj, «temir daftar» ro‘yxatidagi oilalar farzandlari bo‘lgan talabalarga kontrakt to‘lovlarini qoplash uchun manzilli moddiy yordam ko‘rsatiladi. Bunda OTMlar mavjud mablag‘lari hisobidan talabalarning ijtimoiy holatidan kelib chiqib, 4 mln so‘mgacha moliyaviy yordam ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Qurolli Kuchlar safida muddatli harbiy xizmatni o‘tagan va OTMlarda to‘lov-kontrakt asosida o‘qiyotgan 4 mingdan ortiq talabaga shartnoma miqdorining 35 foizini to‘lash orqali moddiy yordam ko‘rsatiladi. Ushbu moddiy yordam bir talabaga bir yilda 2,4 mln.so‘mdan 3,4 mln.so‘mgacha miqdorni tashkil etadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Oliy ta’limda yangi o‘quv yili onlayn tarzda yo‘lga qo‘yiladi