13:49 / 02.09.2020
2 269

1 milliondan ortiq kontingentni grippga qarshi emlash rejalashtirilyapti – SEOM mutasaddisi

1 milliondan ortiq kontingentni grippga qarshi emlash rejalashtirilyapti – SEOM mutasaddisi
Toshkent shahar SEOM immunoprofilaktika bo‘limi mudiri Vazira Mutalova AOKAda o‘tkazilgan brifingda O‘zbekistonda gripp va o‘tkir respirator kasalliklariga qarshi kurashish haqida gapirdi.

«Respublikamizda aholi o‘rtasida tahdid guruhiga mansub kontingent – aholi bilan bevosita muloqotda ishlaydigan tibbiyot xodimlari, maktab o‘qituvchilari, maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlari orasida bugungi kunda gripp va uning asoratlari, pnevmoniya kasalliklarining oldini olish borasida O‘zbekiston prezidentining «Aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 4815-sonli qarori asosida 2020 yilning 1 oktabridan boshlab grippga qarshi bepul emlash ishlarini olib borish belgilangan.

Ushbu tadbirni amalga oshirish uchun bugungi kunda Davlat sanitariya xizmati tomonidan o‘qituvchilar, tibbiyot xodimlari va maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlari sonini aniqlash, ularning ro‘yxatini tuzish kabi ishlar amalga oshirilmoqda.

Respublika bo‘yicha 516 ming 174 nafar o‘qituvchilar, maktabgacha ta’lim muassasalarining 223 ming 426 nafar xodimlari hamda 534 mingdan ortiq tibbiyot xodimlari – ya’ni, 1 million 273 ming nafardan ortiq kontingentni grippga qarshi emlash rejalashtirilmoqda.

Bugungi kunda respublika bo‘yicha 4 ming nafar vaksinatorlar mavjud bo‘lsa, ularning dublyorlari bilan 8 ming nafardan ortiq emlash hamshiralari ushbu tadbirlarni olib borish uchun seminar mashg‘ulotlari olib borildi.

Sentabr oyida davlatimiz tomonidan 1 million ortiq grippga qarshi vaksina olib kelinishi rejalashtirilmoqda. Emlash xavfsizligiga to‘liq erishish uchun maktablar, maktabgacha ta’lim muassasalaridagi tibbiyot xonalari hamda maktab, maktabgacha ta’lim muassasalariga yaqin joylashgan oilaviy poliklinikalarning emlash xonalarida ushbu tadbirlarni amalga oshirish tashkillashtirilmoqda», dedi Vazira Mutalova.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 1 milliondan ortiq kontingentni grippga qarshi emlash rejalashtirilyapti – SEOM mutasaddisi