23:18 / 02.09.2020
5 479

Xavfli kasallikning oddiy davosi topildi

Xavfli kasallikning oddiy davosi topildi
Foto: «Yandex.uz»
Avstraliyalik olimlar saratonga qarshi kurashadigan yangi dorini kashf etishdi. Tadqiqot natijalari laboratoriya sharoitida asalari zahri ko‘krak bezidagi tajovuzkor saraton hujayralarini halok qilishini ko‘rsatdi. Bu haqda «Proceedings of the National Academy of Sciences» jurnali xabar bergan.

Tarkibidagi melittin moddasi davolash qiyin bo‘lgan onkologik kasalliklarning ikki turiga qarshi samarali kurashadi.
Statistikaga ko‘ra, yiliga 40 ming ayol metastatik ko‘krak saratoni tufayli hayotdan ko‘z yumadi.

Olimlar 300 ta asalari va qovog‘ari zahrini sinab ko‘rgach, zaharning muayyan miqdori boshqa hujayralarga minimal zarar yetkazgan holda bir soat ichida saraton hujayralarini nobud qilishini aniqlashdi. Shuningdek, melittinning o‘zi mustaqil ravishda saraton hujayralarining o‘sishini izdan chiqarishi va «o‘chirishi» isbotlandi. Eng muhimi, bu moddani sintetik yo‘l bilan hosil qilish mumkin.

Asalari zahrida ko‘krak saratonida foydali modda bor.
«Bu odam kasalliklarini davolashda tabiiy mahsulotlarning qanchalik foydali ekanligiga yana bir ajoyib misol bo‘ldi», — deya ta’kidlashdi mutaxassislar.

Avvalroq asalari zahri saratonning melanoma kabi boshqa turida yordam berishi mumkinligi aniqlangandi. Tadqiqotchilar G‘arbiy Avstraliyadagi Garri Perkins tibbiy tadqiqotlar institutida olib borilgan. Endi yangi dorini bemorlarga taklif etishdan oldin yana bir qancha ilmiy izlanishlar va tajribalardan o‘tkazish qoldi, xolos.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Xavfli kasallikning oddiy davosi topildi