
Foto: Telegram
O‘zbekistonda 2 sentabrdan oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari boshlandi. Pandemiya sababli imtihonlar stadionlar va xiyobonlarda bo‘lib o‘tmoqda.
Imtihonlarning birinchi kunida O‘zbekistonda bulutli ob-havo kuzatildi. Sirdaryo viloyati Guliston shahridagi stadionda ikkinchi smenada imtihon topshirayotgan talabalar ustidan yomg‘ir tomchiladi. Imtihon tashkilotchilari abituriyentlar hamda ular ishlayotgan test va javob varaqlarini yomg‘irdan himoya qilish uchun antiqa yo‘l tutdi.
Bloger Xushnudbek Xudoyberdiyev tomonidan e’lon qilingan suratda abituriyentlar o‘tirgan qatorlar ustidan uzunasiga sellofan plyonka tortilganini ko‘rish mumkin.
«Ilgari plyonka ostiga paxta ekilardi, endi abituriyent ‘ekilyaptimi’ deyman», — deya hazilomuz izoh bergan Xushnudbek Xudoyberdiyev. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar