Joriy yil 26 avgust kuni Namangan shahrida yashovchi ayol IIBga ariza bilan murojaat qilgan, deb xabar bermoqda Namangan viloyati IIB axborot xizmati.
U shu kuni soat 06:45larda Namangan shahar “Chorsu dehqon bozori”ga kirish joyida turmush o‘rtog‘ining “VAZ-2106” rusumli avtomashinasi yukxonasida bo‘lgan umumiy narxi 2.000.000 so‘mlik buyumlar hamda shu sumka ichida bo‘lgan 1.500.000 so‘m pullarini noma’lum shaxs o‘g‘irlab ketganligini ma’lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Namangan viloyati IIB PPX va JTSB PPXB safdor xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida 27 avgust kuni ushbu jinoyatni Namangan shahrida yashovchi 2001 va 2003 yilda tug‘ilgan ikki nafar qiz sodir etganligi aniqlangan hamda daliliy ashyo olingan.
Ushbu holat bo‘yicha shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
“Hurmatli fuqarolar, avtomashinangiz va moddiy boyliklaringizni qarovsiz qoldirmang. Birozgina e’tiborsizlik yana bir jinoyatga yo‘l ochishi mumkin” - deyiladi ma’lumotda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina harbiy bo‘linmalari Xarkiv viloyatidagi yangi pozitsiyalarga o‘tkazildi
D vitamini dozasini oshirib yuborishning xavfli oqibatlari
Surxondaryo viloyatida ayiq IIB xodimiga jarohat yetkazdi
Erdo‘g‘on davlat to‘ntarishi ehtimoli sababli tunda favqulodda yig‘ilish o‘tkazdi
Kolumbiya prezidenti Netanyaxuni hibsga olishga chaqirdi
Tungi klubdagi tanishuv, psixotrop moddalar va 10 ming dollarga pullanishi kerak bo‘lgan farzand
Metabolizmni tezlashtirishga yordam beradigan 8 ta mahsulot
Rossiya harbiylari Xarkovdagi taktik vaziyatni yaxshiladi