O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 25 yanvardagi qaroriga muvofiq, Islom Karimov vafot etgan sana — 2 sentabr har yili Birinchi Prezident Xotira kuni sifatida yod etiladi. Bu O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 25 yanvar kuni imzolangan «O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning xotirasini abadiylashtirish to‘g‘risida»gi qarorda belgilab qo‘yilgan.
Shavkat Mirziyoyev Mustaqillik ayyomining 29 yilligiga bag‘ishlangan nutqida Birinchi Prezident boshchiligida qo‘lga kiritilgan davlat mustaqilligi asriy orzuni amalda ta’minlagan olamshumul voqea ekanini ta’kidlagan.
Sana munosabati bilan O‘zbekiston Kinofotofono hujjatlari Milliy arxivida saqlanayotgan foto hujjatlar taqdim etildi.
Ma’lumot uchun, 1991 yil 31 avgustida Islam Karimov O‘zbekiston mustaqilligini e’lon qilgandi. 1991 yil 29 dekabrida o‘tkazilgan umummilliy saylovda u O‘zbekiston prezidenti etib saylangan.
Karimovning xotirasini abadiylashtirish uchun 2017 yil 31 avgustida Oqsaroydagi qarorgohda uning birinchi haykali ochilgan.
2017 yil 2 sentabrida birinchi prezident uchun yodgorlik Samarqandda ochilgan, 2018 yil 30 yanvarida – Qarshida, 2018 yil 18 oktabrida Moskvada ochilgan.
Bundan tashqari, Toshkent davlat texnika universiteti, Toshkent xalqaro aeroporti, Farg‘ona san’at saroyi va Asakadagi avtomobil zavodiga, shuningdek, ko‘plab ko‘chalarga Islom Karimov nomi berilgan.
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Rossiyada Ishim daryosidagi suv sathi tarixiy rekordni yangiladi
Kim Chen In iqtisodni jonlantirish uchun Rossiya bilan aloqalarni mustahkamlashga intilmoqda
Toshkent viloyatida ekologiya inspektorlari hujumga uchradi
Volkswagen va Volvo kompaniyalari O‘zbekiston fuqarolarini ishga taklif qildi
Blinkenning Xitoyga tashrifi. Nimalar muhokama qilingan?
Polsha generali: “Rossiya va Belarus bilan chegarada minalangan maydonlarni o‘rnatish kerak”