18:50 / 03.09.2020
1 898

Bir tashkilotdan 10 mlrd. so‘m soliq qarzdorligi undirildi

Bir tashkilotdan 10 mlrd. so‘m soliq qarzdorligi undirildi
Soliqlar mamlakatimiz taraqqiyoti va kuch-qudratini, xalqimiz farovonligi va tinchligini ta’minlashga xizmat qiluvchi muhim manbadir.
Bugungi kunda aksariyat yurtdoshlarimiz buning mohiyatini chuqur anglab, soliqlarni o‘z muddatida to‘lamoqda. Bu yurtimizda soliq madaniyati tobora yuksalayotganidan dalolatdir. Ammo soliq to‘lashni paysalga solish yoki undan qasddan bo‘yin tovlash holatlari ham uchrab turadi.

Bunday holatlarni bartaraf etish va oldini olish muhim ahamiyatga ega. Bu jismoniy va yuridik shaxslar zimmasidagi mavjud qarzdorlikni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar natijasidir. Majburiy ijro byurosi Qarshi shahar bo‘limi ham soliq qarzdorliklarini undirish va o‘z vaqtida to‘lamagan shaxslarning mulklarini xatlab olish bo‘yicha doimiy tegishli choralarni ko‘rib bormoqda.

Jumladan, Qashqadaryo viloyat iqtisodiy sudining joriy yil 18 iyundagi ijro varaqasiga asosan qarzdor “Gissarneftgaz” MCHJdan xududlararo davlat soliq inspeksiyasi foydasiga soliq qarzdorligini undirish belgilangan edi.

Ijro hujjati yuzasidan qarzdorning balansidagi mehmonxonasi va avtotransport vositalari xatab olindi. Shundan so‘ng qarzdor 10.416.594.803 so‘m qarzdorlikni to‘lab berdi. Hozirda qolgan qarzdorlikni undirish choralari ko‘rilmoqda.

I.Xolmirzayev
MIB Qarshi shahar bo‘limi davlat ijrochisi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bir tashkilotdan 10 mlrd. so‘m soliq qarzdorligi undirildi