
Foto:«Xabar.uz»
Respublika bo‘ylab 13 sentabrda hamma imtihonlar tugatiladi. Ayrim hududlarda barvaqtroq tugaydi. Masalan, Farg‘onada 11 sentabr kuni 1-smenada test sinovi tugatiladi.
Bu haqda AOKAda bo‘lib o‘tayotgan matbuot anjumanida xabar berildi.
17 sentabr kuni tana harorati baland bo‘lib test sinovlariga kirolmagan abituriyentlar uchun test o‘tkaziladi.
24 sentabrgacha bo‘lgan muddatda esa tanlovlar natijalari to‘liq e’lon qilish rejalashtirilyapti.
«Appelyatsiya shikoyati muddati bo‘yicha ma’lum qilinadi. Appelyatsiya onlayn rejimda olinadi», —deydi DTM bosh boshqarma boshlig‘i Barno Rajabov.
Avvalroq, test savollarini rasmga olib tarqatganlar natijasi hisoblanmasligi va imtihondan chetlatilishi ma’lum bo‘lgandi.
Test NatijalariImtihonlar TugatilishiFarg‘ona ViloyatiTana HaroratiAbituriyentlar UchunAppelyatsiya Muddati O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar