2 016
Import qilinayotgan tayyor elektrotexnika mahsulotlariga utilizatsiya yig‘imi joriy etiladi
Foto: Getty Images
O‘zbekistonda import qilinayotgan tayyor elektrotexnika mahsulotlariga utilizatsiya yig‘imi joriy etiladi. Bu haqda “O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiy o‘sishni tiklash va tizimli tarkibiy o‘zgarishlarni davom ettirish bo‘yicha 2020-2021 yillardagi amaliy harakatlar rejasi”da aytilgan.
Hujjat bilan import qilinayotgan tayyor elektrotexnika va elektromaishiy texnika mahsulotlariga utilizatsiya yig‘imini joriy etish, elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqaradigan yetakchi xorijiy kompaniyalarni jalb qilish ko‘zda tutilgan.
Bundan tashqari, elektrotexnika sanoatida energiya va boshqa resurslarni tejaydigan texnologiyalarni, shu jumladan, qayta tiklanadigan energiya manbalarini joriy qilish va ilg‘or texnologiyalarni joriy etish orqali energiya samaradorligiga erishish, mudofaa sanoatida yangi avlod elektrotexnika mahsulotlari va sanoat jihozlari ishlab chiqarishni tashkil etish rejalashtirilgan.
Milliy brend ostida standartlashtirilgan traktor modellarini ommaviy ishlab chiqarish, «Lean menejment», «Kaydzen», «5S», «Kanban» texnologiya va standartlari asosida kamxarj usullarda qishloq xo‘jaligi texnikalari ishlab chiqarish samaradorligini oshirish hamda qishloq xo‘jaligi texnikalarini ishlab chiqarish unumdorligini oshirish maqsadida, ba’zi kam samarali korxonalar tarkibini qayta qurish va bir turdagi texnika ishlab chiqarishga ixtisoslashtirish ham mo‘ljallanmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi
Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat"
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi