
Yodingizda bo‘lsa, Mustaqillikning 29 yilligi sabab mashinasini bayroq tusiga bo‘yagan buxorolik fuqaro avtomobili jarima maydonchasiga tushgan edi.
«Markaziy studiya» ko‘rsatuvining navbatdagi sonida xabar berilishicha, avtomobil egasiga AQSHda istiqomat qiluvchi hamyurtlarimiz 1000 dollar mablag‘ yuborgan.
O‘z navbatida qahramonimiz mazkur pullarni 10 ta muhtoj oilaga bo‘lib bergan (100 dollardan).
Videoda u mashinasini bayroq tusiga bo‘yaganidan afsusda emasligini bayon qilgan.
Shuningdek, mashina aslida bo‘yalganidan ham emas, texnik ko‘rik pasporti yo‘qligidan jarima maydoniga tushgani aytilgan.
Mashina BayroqBuxorolik FuqaroMustaqillik 29 YilligiAQSHda IstiqomatMarkaziy StudiyaMuhtoj Oilalar O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar