08:00 / 09.09.2020
1 922

Kadastr agentligi: O‘zbekiston Google xaritaga muqobil resurs yaratadi

Kadastr agentligi: O‘zbekiston Google xaritaga muqobil resurs yaratadi
Kadastr agentligi Google xarita xizmatiga muqobil milliy resurs yaratishini ma’lum qildi.
8 sentabr kuni tashkil etilgan matbuot anjumanida Kadastr agentligi rahbariyati yangi tuzilmaning faoliyati va rejalari haqida jamoatchilikka ma’lumot berdi.

Davlat kadastrlari, geodeziya va kartografiya milliy markazi direktori o‘rinbosari Rustam Payziyevning ta’kidlashicha, Google xarita xizmati keng jamoatchilik uchun ochiq manba hisoblanadi hamda O‘zbekistonda kosmik suratlar talab etilgan surishtiruvlarda yordamchi manba sifatida ishlatiladi.

«O‘zbekistonda 2000 yildan buyon ma’lum bir davrlar uchun xos bo‘lgan kosmik suratlar mavjud. 2019 yildan buyon, shu turdagi xaritalarni ham jamoatchilikka ochiqlash bo‘yicha qaror qabul qilingan. Kadastr agentligi ham shunday resurs sifatida ma’lumot beradi. Masalan, tergov idorasi kelib, 2008 yilda biror hudud tasvirini so‘rasa, ushbu ma’lumot bazamizda bo‘lsa, uni rasman taqdim eta olamiz», — deydi u.

Agentlik direktori o‘rinbosari Sherzodxo‘ja Habibullayevning qayd etishicha, sobiq Sovet hukmronligida ko‘plab xaritalar harbiy maqsadlarda yaratilgan. Shuning uchun, ular ko‘p yillar ommaga oshkor etilmagandi.

Direktor Halilulloh To‘raxo‘jayev Kadastr agentligi Google xarita resursiga muqobil milliy platformani tashkil etishning bosqichlari haqida ma’lumot berdi.

«Shu yilning oxiri, keyingi yilning birinchi choragida xorijiy davlatlarning biridan koinotdagi sun’iy yo‘ldoshini ijaraga olish rejalashtirilgan. Shundan so‘ng, Google singari resursda o‘zimizning aniq ma’lumotlarimiz bo‘ladi», — deya qayd etdi u.

To‘raxo‘jayev sun’iy yo‘ldoshni ijaraga olish masalasida Fransiya, Qozog‘iston, Ozarboyjon davlatlari bilan muzokara o‘tkazilishini taxmin etdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Kadastr agentligi: O‘zbekiston Google xaritaga muqobil resurs yaratadi