Joriy yilning 09 sentabr kuni Xatirchi tumani Halq qabulxonasi binosida, viloyat sudlari raislari o‘rinbosarlari tomonidan sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.
O‘tkazilgan sayyor qabulda, Xatirchi tumani “Do‘stlik” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqaro B.Xaitov murojaat qilib, muqaddam jinoyat ishlari bo‘yicha Xatirchi tuman sudining hukmi bilan unga jazo tayinlanganini, hozirgi kunda o‘rnatilgan tartib-qoida talablarga rioya etgan holda ozodlikni cheklash jazosini o‘tab kelayotganini ma’lum qilib, ushbu jazoni muddatidan ilgari ozod qilishni so‘radi.
Shuningdek, ushbu holat bo‘yicha Xatirchi tumanida yashovchi fuqaro A.Nurimov, I.Babaniyozov, O.Qilichev va L.Jo‘mayevlar murojaat qilib, jazoni o‘tashdan muddatidan oldin ozod qilishni so‘rashdi.
Murojaatlar mazmunan o‘rganilib chiqib, o‘z o‘rnida Xatirchi tuman IIB boshlig‘i tomonidan maxkum B.Xaitov, A.Nurimov, I.Babaniyozov, O.Qilichev va L.Jo‘mayevlarni jazodan muddatidan oldin shartli ravishda ozod qilish yuzasidan kiritilgan taqdimnomalari jinoyat ishlari bo‘yicha Xatirchi tuman sudi raisi S.Bo‘tayev boshchiligida o‘tkazilgan sayyor sud majlisida ko‘rib chiqildi va mahkum B.Xaitov, A.Nurimov, I.Babaniyozov, O.Qilichev va L.Jo‘mayevlar O‘zbekiston Respublikasi JK 73-moddasi tartibida jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilindi.
Z.Hamdamov
Jinoyat ishlari bo‘yicha Xatirchi tuman
sudi sudya yordamchisi
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Jinoyat ishlari bo‘yicha Xatirchi tuman
sudi sudya yordamchisi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Peterburgda yong‘in vaqtida odamlarni qutqargan o‘zbekistonlikka surat sovg‘a qilindi
Qodirovning 16 yashar o‘g‘li Putin nomidagi Rossiya maxsus kuchlari universiteti kuratori bo‘ldi
Sensatsiya! Afg‘oniston futzal bo‘yicha jahon chempionatiga chiqdi!
Vadim Abramov: "Vazifamiz keyingi bosqichga chiqish edi, afsuski, buni uddalay olmadik"
Saidjamshid Ja’farov qozog‘istonlik raqibini mag‘lub etib, IBA Asia kamarini qo‘lga kiritdi
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Telegram Ukraina «GUR»ning «razvedka boti»ni blokladi