1 742
Uy sharoitida kislorod konsentratori va pulsoksimetrdan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berildi
AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Barno Abdusamatova uy sharoitida kislorod konsentratori va pulsoksimetrlardan foydalanayotgan bemorlar uchun tavsiyalar berdi.
Pulsoksimetrdan kanday foydalanish kerak?
- Moslama yokilgandan so‘ng, o‘z-o‘zini sinab ko‘rish jarayoni tugashi bilan bir necha soniya kutish kerak;
- Moslamani barmoqqa ortiqcha bosimsiz o‘rnatish kerak;
- Moslama lak bilan bo‘yalgan tirnoqqa qo‘llanmaydi;
- Moslamaning batareyasini o‘z vaqtida zaryadlash yoki batareyalarni o‘zgartirish lozim;
- Moslamadan bir kunda 2-3 mahal, zarurat bo‘lsa undan ko‘proq foydalaniladi.
Uy sharoitida kislorod konsentratorini qo‘llash qoidalari:
- Kislorod konsentratorini havo erkin aylanishi va xonaning maqbul namligi bor joyga o‘rnatish kerak. Moslama issiqlik manbalari yaqiniga qo‘yilmaydi;
- Distillangan suv bilan kislorodni namlash uchun mo‘ljallangan maxsus idish to‘ldiriladi;
- Shifokor tavsiyasiga binoan kislorod terapiyasining davomiyligi va havo oqimi rejimi kuzatiladi;
- Oila a’zolarini o‘zaro zararlamaslik uchun shaxsiy burun kanyulyalaridan foydalaniladi.
Kislorod konsentratorini ishlatish ketma-ketligi:
- Rezervuar belgilangan joyigacha namlagich suv bilan to‘ldiriladi;
- Moslama yoqiladi. Kanyulyaning bir uchi moslamaga ulanadi, ikkinchi uchi esa burun yo‘llariga qo‘yiladi;
- Kislorod oqimi o‘rnatilgandan keyin, shifokor tavsiyasiga ko‘ra kislorod terapiyasi boshlanadi;
- Kislorod terapiyasini burun kanyulyasi orqali olayotganda ko‘krak qafasi va qorin bilan nafas olinadi. O‘pkaning maksimal darajada qisilishi va tozalanishi uchun ravon nafas olinadi;
- Mashg‘ulot oxirida havo ta’minoti to‘xtatiladi va moslama elektr tarmog‘idan o‘chiriladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz"
Messi amerikaliklarni hayratga solishda davom etmoqda
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti