
Foto: Telegram / Saida Mirziyoyeva
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning katta qizi, Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva o‘g‘illi bo‘ldi. Bolakayga bobosining sharafiga Shavkat ismi qo‘yildi. Bu haqda Saida Mirziyoyeva Telegram’dagi kanalida ma’lum qildi.
«Barchamiz uchun hali-hamon qiyin bo‘lsa-da, hayot davom etmoqda. Odamlar to‘ylarda xursandchilik qilmoqda, bolalar dunyoga kelmoqda. Biz ham ko‘payishdik — jajji Shavkatjon, bizning quyoshimiz. Biz u bilan yaqinda tanishdik, lekin birinchi uchrashuvimizdayoq o‘rtada shunchalar kuchli muhabbat paydo bo‘ldiki, biz kuniga 24 soat birga bo‘lamiz. Onalar buning nima ekanini bilishadi», — deb yozdi Saida Mirziyoyeva.
Eslatib o‘tamiz, Saida Mirziyoyevaning katta o‘g‘li Miromon 28 mart kuni 15 yoshga to‘lgandi. Shuningdek, Saida Mirziyoyevaning Saodat ismli qizi ham bor. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar