15:24 / 12.09.2020
2 167

3,8 mlrd so‘m utilizatsiya yig‘imlarini chetlab o‘tishga bo‘lgan urinishlar fosh bo‘ldi

3,8 mlrd so‘m utilizatsiya yig‘imlarini chetlab o‘tishga bo‘lgan urinishlar fosh bo‘ldi
Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 2 iyundagi “G‘ildirakli transport vositalari, o‘ziyurar mashinalar va ularning tirkamalari uchun utilizatsiya yig‘imini joriy etish to‘g‘risida”gi 347-sonli qaroriga asosan 2020 yilning 1 avgust sanasidan e’tiboran, avtotranport vositalarini rasmiylashtirishda utilizatsiya yig‘imi joriy etildi.

Utilizatsiya yig‘imi bevosita transport vositalarini “erkin muomalaga chiqarish” bojxona rejimiga rasmiylashtirish jarayonida undirilishi belgilangan. Lekin ayrim uddaburon shaxslar tomonidan mazkur yig‘imni chetlab o‘tishga bo‘lgan urinishlar ham uchrab turibdi.

Xususan, Toshkent shahar bojxona boshqarmasi “Ark buloq” tashqi iqtisodiy faoliyat posti xodimlari tomonidan 46 dona “HYUNDAI“ rusumli transport vositalarini “Erkin muomalaga chiqarish” bojxona rejimiga rasmiylashtirish uchun taqdim etilgan elektron bojxona yuk deklaratsiyasi ma’lumotlari o‘rganilganda, mazkur transport vositalari uchun undilishi kerak bo‘lgan 3 mlrd 385 mln.so‘mlik utilizatsiya yig‘imi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmaganligi holati aniqlandi.

Toshkent shahar bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan “Toshkent tovar” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postida bojxona yuk deklaratsiyasi ma’lumotlari o‘rganilganda 5 dona “YUTONG” rusumli avtobuslar hamda 5 dona “JAC” rusumli mikroavtobuslar uchun 419,2 mln. so‘m utilizatsiya yig‘imi ko‘rsatilmaganligi holati aniqlandi.

Mazkur postda aniqlangan yana bir holatda “KIA BONGO” rusumli yuk tashishga mo‘ljallangan avtotransport vositasini “Erkin muomalaga chiqarish” bojxona rejimiga rasmiylashtirish uchun elektron taqdim etilgan bojxona yuk deklaratsiyasi ma’lumotlari o‘rganilganda, bojxona yuk deklaratsiyasida 46,3 mln. so‘mlik utilizatsiya yig‘imi ko‘rsatilmaganligi holati aniqlandi.

Aniqlangan mazkur holatlar natijasida salkam 3,8 mlrd.so‘mlik utilizatsiya yig‘imlarining davlat budjetiga undirilmay qolinishining oldi olindi. Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 3,8 mlrd so‘m utilizatsiya yig‘imlarini chetlab o‘tishga bo‘lgan urinishlar fosh bo‘ldi