3 562
Navoiyda haydovchining soqol qo‘yganiga e’tiroz bildirgan YPX xodimi ustidan xizmat tekshiruvi boshlandi
Kadr: Telegram
IIV YHXBB 12 sentabr kuni ijtimoiy tarmoqda «GAI xodimi haydovchining soqol o‘stirganiga e’tiroz bildirdi» sarlavhasi ostida tarqalgan videolavha yuzasidan munosabat bildirdi.
Videolavhadagi holat o‘rganilganda 5 sentabr kuni soat 09:30 larda Navoiy shahar Islom Karimov ko‘chasida xizmat olib borayotgan Navoiy viloyati IIB YHXB inspektori O‘.Halimov Spark rusumli avtomobil haydovchisiga to‘xtash ishorasini bergan.
O‘zaro muloqot vaqtida YPX inspektori haydovchining soqol o‘stirganlik holatiga e’tiroz bildirgan. Xodimning ushbu e’tirozlarini haydovchi shaxsiy uyali aloqa vositasi orqali video tasvirga olgan. Video tasvir ijtimoiy tarmoqda tarqalgan.
«Ayni vaqtda mazkur holat yuzasidan Navoiy viloyati IIB YHXB tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda. Tekshiruv xulosasi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi», — deyiladi xabarda.
Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Navoiyda ayol kishi YPX xodimining bodikamerasi va jezl tayoqchasini olib qo‘ygani tasvirlangan video tarqalgandi. Shundan so‘ng prokuratura mazkur holat yuzasidan surishtiruv boshlagan, Qo‘qonda esa ayol YPX inspektoriga qo‘l ko‘targan qoidabuzar haydovchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, Toshkentda YHXBB nosoz Nexia haydovchisi voqeani boshqacha talqin qilishga uringani to‘g‘risida xabar berilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
«Samarqand — Toshkent — Samarqand” yo‘nalishida qo‘shimcha poyezdlar harakatlanadi
Ekspert: G‘arb Rossiya g‘alabasidan keyin quvg‘indagi Ukraina hukumatini yaratishi mumkin
YECHL. “Bavariya” va “Real” o‘rtasidagi dastlabki uchrashuvda jangovar durang qayd etildi
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
O‘zbek futbolchilari qilgan ishni ko‘pchilik uddalay olmagan!
Sun’iy intellekt qadimgi yunon faylasufi Platonning qabrini topdi