4 095
Namanganda ikki erkakning «qilig‘iga yarasha» javob qaytargan qizga ochilgan jinoyat ishi yopilgani aytilmoqda
Foto: Toirbek Komiljonov
2020 yilning 25 iyun kuni 23 yoshli Gulsanam Alijonova Norin tumani Zarbdor MFY hududidan o‘tgan avtomobil yo‘lida 33 yoshli U.A. hamda 30 yoshli A.N. ni kaltaklagani haqidagi xabar shov-shuv ko‘targan edi.
Mazkur holat yuzasidan Norin tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan G.A., ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi «g» bandi (jamoat tartibini saqlash vazifasini bajarib turgan hokimiyat vakili yoki jamoatchilik vakiliga yoxud bezorilik harakatlarining oldini olish chorasini ko‘rgan boshqa fuqarolarga qarshilik ko‘rsatib sodir etilgan bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani ma’lum qilingandi.
Biroz vaqt o‘tib Gulsanam Alijonova voqea tafsilotlari haqida gapirib bergandi.
U Andijonga turmushga chiqqan opasini kuzatishga chiqib, taksi gapashishayotganda yoniga Spark mashinasi yaqinlashib, uning ichidagi yigitlardan biri futbolka va shortikda bo‘lgani uchun qizga masxaromuz qiliq qilgani, sportchi qiz esa ularning qilig‘iga yarasha javob berganini aytgandi.
Jurnalist Rahimjon Sultonovning ma’lum qilishicha, bugun u Gulsanam Alijanova bilan telefonda gaplashgan. Qizning so‘zlariga ko‘ra, unga ochilgan jinoyat ishi tugatilgan.
Bu haqda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan rasmiy ma’lumot berilmagan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim”
Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi
O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi?
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi (video)
Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi
Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi
Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi”