
Shu yilning 13 sentabr kuni mamlakatimizda 573 holatda kasallik qayd etildi.
Shu bilan birga, Toshkent shahrida 4 nafar, Toshkent viloyatida 1 nafar hamda Samarqand viloyatida 1 nafar, jami 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
E’tiborli jihati, bugun Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent, Samarqand, Namangan, Qashqadaryo, Andijon va Farg‘ona viloyatlarida jami 491 nafar bemor tuzaldi.
Hozirda kasallik qayd etilgan jami 47 423 nafar bemordan 44 002 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 93 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 3 029 nafar bemordan 483 nafari og‘ir, 246 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar