2020 yilning yanvar oyidan 27 iyul kuniga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida, noma’lum shaxs Vobkent tumani “Rabotoxun” MFYda joylashgan kislorod ishlab chiqarish shoxobchasida o‘rnatilgan, 64 yoshli I.A.ga tegishli narxi 306 311 700 so‘m bo‘lgan kislorod ishlab chiqarish uskunasini yashirin ravishda talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashiringan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan Vobkent tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Olib borilgan tezkor-qidiruv harakatlari natijasida mazkur jinoyatni 50 yoshli A.I. sodir etganligi aniqlanib, gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan va protsessual tartibda ushlangan.
O‘g‘irlangan uskuna Xorazm viloyati Urganch shahrida faoliyat olib borayotgan MCHJ hududida ekanligi aniqlanib, o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirib olingan. Tergov harakatlari davom etmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi”
Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi”
AQSH Ukrainaga yana 50 mlrd dollar ajratishni taklif qildi
Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi?
5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari
“Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi?
Xarkivga yana bomba zarbalari uyushtirildi
AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi