16:55 / 14.09.2020
1 799

JSST Yevropada koronavirusdan o‘lim holatlari ko‘payishi mumkinligidan ogohlantirdi

JSST Yevropada koronavirusdan o‘lim holatlari ko‘payishi mumkinligidan ogohlantirdi
Qayd etilishicha, o‘quvchilarning maktablarga qaytishi va gripp mavsumi sababli koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat yomonlashishi mumkin.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) oktyabr va noyabr oylarida Yevropada koronavirusdan o‘lim holatlari soni ko‘payishini kutmoqda, dedi tashkilotning Yevropadagi mintaqaviy byurosi direktori Xans Klyuge. Bu haqda AFP xabar bermoqda.

«Vaziyat murakkablashmoqda. Oktyabr, noyabrda yuqori darajadagi o‘lim holatlarini ko‘ramiz», — dedi Klyuge.

Uning qayd etishicha, o‘quvchilarning maktablarga qaytishi va gripp mavsumi sababli koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat yomonlashishi mumkin.

Klyugening so‘zlariga ko‘ra, hozirda Yevropada kasallanish holatlari avj olishi kuzatilmoqda.

Jons Hopkins universitetining ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘yicha koronavirus yuqtirganlar soni qariyb 29 mln kishiga yetdi, ularning 922 mingdan ortig‘i vafot etdi.

Avvalroq JSST dunyoda bir sutkada koronavirus bilan bog‘liq holatlar rekord darajada qayd etilganini ma’lum qilgandi — 307,9 ming kishi. Undan avvalgi maksimum 6 sentyabrda kuzatilgan: o‘sha kuni bir sutkada 304,6 ming kishida koronavirus aniqlangan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » JSST Yevropada koronavirusdan o‘lim holatlari ko‘payishi mumkinligidan ogohlantirdi