14:43 / 19.09.2020
2 132

Mehnat qonunchiligiga rioya etilishi va sobik xodimlarning yakuniy hisob-kitob to‘lovlari nazorat qilib borilmoqda

Mehnat qonunchiligiga rioya etilishi va sobik xodimlarning yakuniy hisob-kitob to‘lovlari nazorat qilib borilmoqda
Joriy yilning 18 sentabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Byuroning Toshkent shahar boshkarmasi hududiy tuman bo‘limlaridan bo‘shatilgan xodimlar nomidan "Qisqartirishga tushgan xodimlarga yakuniy hisob-kitob puli tulab berilgani yo‘q" sarlavhasi ostida xabarlar tarqaldi.
Murjaatda, MIB Toshkent shahar boshqarmasinini sobiq xodimlariga yakuniy hisob-kitob puli tulab berilmagani, vaqtida dam olishsiz shanba va yakshanba kunlari ham ishlashgani bayon qilingan.

Shuningdek, boshqarma hamda tuman bo‘limlarida xizmat qilayotgan xodimlarning ish vaqti soat 9:00 dan soat 18:00 ga qadar davom etishi, belgilangan vaqtdan tashqari ishlashiga shuningdek, shanba va yakshanba kunlari ishga chiqishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Xodimlarning shanba va yakshanba kunlari ishlashi faqatgina ularning roziligi asosida, ish beruvchining buyrug‘i bilan amalga oshirilishi hamda ularga ish vaqtidan tashqari, dam olish va bayram kunlaridagi ishlari uchun kamida ikki hissa miqdorida haq to‘lanishi yoki xodimning xohishiga qarab boshqa dam olish kuni (otgul) berilishi asosida amalga oshiriladi.

Mazkur murojaat yuzasidan o‘tkazilgan o‘rganish ishlari davomida, MIB Toshkent shahar boshqarmasining sobiq xodimlariga mehnat qonunchiligida nazarda tutilgan muddatga muvofiq keladigan kunlar uchun pullik kompensatsiya to‘lovlari to‘liq to‘langanligi ma’lum bo‘ldi.
Boshqarma tomonidan xodimlar tomonidan mehnat qonunchiligiga amal qilinishi yuzasidan domiiy ravishda nazorat qilib borilmoqda.

Bundan tashqari, mehnat qonunchiligiga asosan Byuroning Toshkent shahar boshqarmasi tegishli xodimlariga 21.08.2020 yilda ishdan bo‘shatish nafaqasi to‘liq to‘lab berilgan bo‘lib, Mehnat kodeksining 151-moddasiga asosan mehnat shartnomasi bekor qilinishi munosabati bilan foydalanilmagan mehnat ta’tili uchun hisoblangan yakuniy hisob-kitob to‘lovlar navbatdagi bosqichda amalga oshiriladi.

Majburiy ijro byurosi
Toshkent shaxar boshqarmasi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Mehnat qonunchiligiga rioya etilishi va sobik xodimlarning yakuniy hisob-kitob to‘lovlari nazorat qilib borilmoqda