17:34 / 22.09.2020
2 196

Test sinovlarining yakuniy natijalari e’lon qilinishi kutilmoqda

Test sinovlarining yakuniy natijalari e’lon qilinishi kutilmoqda
2020-2021-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari o‘tkazilib, abituriyentlarning test sinovlarida to‘plagan ballari test sinovi o‘tkazilgan kunning ertasigayoq e’lon qilindi.

Hozirda barcha abituriyentlar yakuniy natijalar e’lon qilinishini kutmoqda va Davlat test markaziga tanlov natijalarini qanday bilish mumkinligi borasida ko‘plab savollar kelib tushmoqda.

Test sinovlarining yakuniy natijalari e’lon qilingandan so‘ng, tanlov natijalarini 3 xil usulda bilish mumkin bo‘ladi.

Abituriyentning shaxsiy kabineti orqali:
Davlat test markazining rasmiy veb-saytida har bir abituriyent uchun shaxsiy kabinet yaratilgan bo‘lib, abituriyentlar shaxsiy kabineti (abitur.dtm.uz sayti) orqali tanlov natijalarini bilishlari mumkin.

SMS xabarnoma xizmati orqali:
Abituriyentlar tanlov natijalarini 5100 raqamiga abituriyent ID sini yuborgan holda ham bilishlari mumkin.
Bunda SMS yuborilgan telefon raqamiga tanlov natijalari bo‘yicha SMS xabarnoma yuboriladi (xizmat haqi mavjud).

Test natijalari qaydnomasi orqali:
Natijalar e’lon qilingandan so‘ng test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi. Abituriyentlar oliy ta’lim muassasalariga borgan holda qaydnomadan tanlov natijalarini ko‘rishlari mumkin bo‘ladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)