13:15 / 23.09.2020
2 149

Qashqadaryoda uyida kannabis parvarishlagan 63 yoshli fuqaroning faoliyatiga chek qo‘yildi

Qashqadaryoda uyida kannabis parvarishlagan 63 yoshli fuqaroning faoliyatiga chek qo‘yildi
2020 yilning 11 sentabr kuni soat 19:00da Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahar IIB xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.

Tadbir davomida, 63 yoshli A.G.ning yashash uyi hovlisi ko‘zdan kechirilganida, 2ta taxtadan yasalgan idishda, 2ta temir chelakka va 5ta yelim idishda hamda 1,5 kvadrat metr maydonida ekilgan jami 11 tup kannabis giyohvandlik o‘simliklari, shuningdek ularning yonida yelim idishlarda 25 dona balandligi 2 sm.dan 12 sm.gacha bo‘lgan kannabis giyohvandlik o‘simligi nihollarini ekib parvarishlab kelayotganligi, shu bilan birga, 11 tup o‘simliklardan yulib olinib quritish uchun qog‘oz bo‘lagiga yoyib qo‘yilgan 5,1 gramm “marixuana” giyohvandlik vositasi borligi aniqlanib, ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Shahrisabz shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan A.G.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi (taqiqlangan ekinlarni yetishtirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Dastlabki tergov jarayonida A.G. jinoyat ishida gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qashqadaryoda uyida kannabis parvarishlagan 63 yoshli fuqaroning faoliyatiga chek qo‘yildi