BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) tomonidan O‘zbekistonda “To‘yib ovqatlanmaydiganlar ulushi” ko‘rsatkichlari qayta ko‘rib chiqildi.
Davlat statistika qo‘mitasining Kun.uz’ga xabar berishicha, bunga sabab 2019 yilning 10-12 dekabr kunlari Toshkent shahrida FAO ekspertlari bilan o‘tkazilgan seminarda Statistika qo‘mitasi mutaxassislari O‘zbekistonning ko‘rsatkichlari bo‘yicha e’tiroz bildirib, FAO eksperti Dorian Kalamveros Navarro bilan bahs-munozara olib borgandi.
Natijada, FAO mutaxassislari Davlat statistika qo‘mitasi vakillarining keltirgan aniq isbot-dalillariga ko‘ra, O‘zbekistonning “To‘yib ovqatlanmaydiganlar ulushi” ko‘rsatkichini 2014 yildan boshlab, New Food Balance Sheet asosida qayta ko‘rib chiqdi. Qayta hisoblash natijasida ko‘rsatkichlar 2016-2018 yillar uchun 2,8 foiz (0,9 mln. kishi) va 2017-2019 yillar uchun 2,6 foiz (0,8 mln. kishi)ni tashkil etdi.
Bu ma’lumotlar 2020 yilning 13 iyul kuni bo‘lib o‘tgan “Jahondagi oziq-ovqat xavfsizligi va ovqatlanish holati 2020” (SOFI – 2020) hisoboti onlayn yig‘ilishida hamda FAO rasmiy sayti orqali e’lon qilindi.
FAO ekspertlari 2019 yilgi (SOFI – 2019) yig‘ilishida O‘zbekistonning 2016-2018 yillarda to‘yib ovqatlanmaydiganlar ulushi ko‘rsatkichlarini 6,3 foiz (2,0 mln. kishi) deb e’lon qilgan edi. Bu ko‘rsatkich bilan O‘zbekiston Markaziy Osiyoda Qozog‘iston (2,1 foiz) va Turkmaniston (5,4 foiz)dan keyin uchinchi o‘rinni egallagan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonlik 17 yoshli qiz dunyoning yetakchi universiteti olimlari bilan tadqiqot olib bormoqda
“Roma” Shomurodov uchun yana 8 million yevro xarajat qiladi!
Pnevmatik qurollarni o‘z ixtiyori bilan topshirganlar javobgarlikdan ozod etiladi
Messining salkam 1 million dollarga sotilgan salfetkasi haqida
Shimoliy Koreya yangi ko‘rsatkichlarga ega ballistik raketani sinovdan o‘tkazdi
O‘zbekistonliklar doimiy yashash uchun ko‘proq qaysi davlatlarga ko‘chib ketmoqda?
Jizzaxda uchta yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Ukraina prezidenti mahbuslarni safarbar qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi