18:35 / 24.09.2020
3 707

2021 yildan boshlab sentabr oyining uchinchi yakshanba kunida avtomobilda harakatlanish taqiqlanadi

2021 yildan boshlab sentabr oyining uchinchi yakshanba kunida avtomobilda harakatlanish taqiqlanadi
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi «Ommaviy sportni rivojlantirish va sog‘lom turmush tarzini har bir fuqaroning hayotiga kiritishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Prezident qarori loyihasini muhokamaga qo‘ydi.

O‘zbekistonda global pandemiyaning salbiy oqibatlarini yumshatish hamda aholining barcha qatlamlarini jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishga jalb etish orqali aholida kasallikka qarshi immun tizimini shakllantirish, kasallikdan keyingi davrda tiklash va reabilitatsiya ishlarini tashkil etish hamda aholining sog‘lom turmush tarzi garovi sifatida to‘g‘ri ovqatlanish targ‘ibotini kuchaytirish maqsad qilingan.

22 sentabr «Xalqaro avtomobilsiz kun» munosabati bilan:
a) 2021 yildan boshlab sentabr oyining uchinchi yakshanba kuni respublika bo‘yicha «Avtomobilsiz kun» deb e’lon qilinadi hamda shu kuni avtomobilda harakatlanish taqiqlanadi (maxsus texnikalar, taksi va yetkazib berish hamda tibbiy tez yordam uchun xizmat ko‘rsatadigan texnikalar, jamoat transportlari, zarur hollarda foydalaniladigan shaxsiy avtomobillar bundan mustasno);

b) qo‘shimcha ravishda xalq deputatlari mahalliy kengashlari qarorlari asosida tumanlar va shaharlarda «Avtomobilsiz kun» tadbirlarini o‘tkazish belgilanishi mumkin;

v) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirlik, idora, xo‘jalik birlashmalari va tashkilotlar «Avtomobilsiz kun» tadbirlarini o‘tkazilishini ta’minlaydilar;

g) Ichki ishlar vazirligi Milliy gvardiya bilan hamkorlikda hududlarda «Avtomobilsiz kun» tadbirlari davomida jamoat tartibi saqlanishini va yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlaydi.

2021 yil 1 yanvardan davlat organlari va tashkilotlarida mehnat jamoalarida sog‘lom turmush tarzi va ommaviy sportni rivojlantirish maqsadida faoliyat yuritayotgan xodimga qo‘shimcha vazifa yuklash orqali «Sport targ‘ibotchisi» lavozimi joriy etiladi va mazkur vazifalar yuklatilgan xodimning ish haqiga qo‘shimcha ravishda 30 foiz miqdorda ustama belgilash yo‘lga qo‘yiladi. Shuningdek, mehnat jamoasining sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va jismoniy faolligi darajasini oshirish uchun barcha zarur sharoitlarni yaratishni (trenajer zali, «Workout» maydonchasi, sport maydonchalari va xonalari) moliyalashtirish davlat organlari va tashkilotlarning budjetdan tashqari mablag‘lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Adliya vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi bilan birgalikda 2021 yil 1 fevralga qadar aholini kunlik yurish va yugurishga targ‘ib qilish maqsadida «Yangi nafas» platformasini yaratish va uning ishlash tartibini tasdiqlaydi. Bunda, bir kunda kamida o‘n ming, bir oy davomida uch yuz ming, bir yil davomida 3,6 million qadam yurgan shaxsga barcha davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida 50 foiz imtiyoz berilishini hamda sport inshootlaridan foydalanish uchun abonement taqdim etilishini nazarda tutilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 2021 yildan boshlab sentabr oyining uchinchi yakshanba kunida avtomobilda harakatlanish taqiqlanadi