21:20 / 24.09.2020
8 975

DTM mandat qachon e’lon qilinishi bo‘yicha ma’lumot berdi

DTM mandat qachon e’lon qilinishi bo‘yicha ma’lumot berdi
Davlat test markazi tomonidan barcha abituriyentlarning test sinovida to‘plagan natijalari bo‘yicha ishlar yakuniga yetdi, deya xabar bermoqda markaz axborot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari 2 sentabrdan 13 sentabrgacha, hududga kirishda tana harorati 37 darajadan yuqori bo‘lgan hamda test sinovi o‘tkaziladigan kunda koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan abituriyentlar uchun qo‘shimcha test sinovlari 17 sentabr kuni o‘tkazildi.

Bunda, abituriyentlarning test sinovida to‘plagan ballari haqidagi ma’lumotlar test sinovi o‘tkazilgan kunning ertasiga abitur.dtm.uz sayti orqali e’lon qilib borildi.

Hozirda Davlat test markazi tomonidan barcha abituriyentlarning test sinovida to‘plagan natijalari bo‘yicha ishlar yakuniga yetgan.

Qayd etilishicha, 2020 yilda ko‘plab imtiyozlar (harbiy xizmatchilarning farzandlari, IIV organi xodimlari farzandlari, harbiy qism qo‘mondonligi tavsiyanomasi, xotin-qizlar va So‘x tumani uchun ajratilgan qo‘shimcha qabul ko‘rsatkichlari va boshqalar) ham test sinovlari orqali talabalikka qabul qilinadigan ta’lim yo‘nalishlariga, ham kasbiy (ijodiy) imtihon orqali qabul qilinadigan ta’lim yo‘nalishlariga tatbiq etilayotganligi hamda kasbiy (ijodiy) imtihonlar 20 sentabrga qadar davom etganligi sababli, tanlov natijalarini hisoblash ishlari endi yakunlanmoqda.

Hozirda barcha oliy ta’lim muassasalaridan kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari yagona bazaga yig‘ilmoqda va bu natijalar test sinovlari natijalari bilan birga hisoblanmoqda.

Mazkur jarayon yakuniga yetgach, abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgani yoki etilmagani bo‘yicha belgilangan tartibda tasdiqlangan tanlov natijasi Davlat test markazining rasmiy veb-saytida e’lon qilinishi ma’lum qilingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » DTM mandat qachon e’lon qilinishi bo‘yicha ma’lumot berdi