09:23 / 25.09.2020
3 216

O‘zbekistonda gaz hisoblagichlar to‘liq almashtiriladi

O‘zbekistonda gaz hisoblagichlar to‘liq almashtiriladi
«Tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish» loyihasini amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida Prezident qarori imzolandi.

Unga ko‘ra, O‘zbekistonda «Hududgazta’minot» AJ tomonidan tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish loyihasi amalga oshiriladi.

Tender natijalariga muvofiq «Texnopark» MCHJ bilan elektron gaz hisoblagichlari va zarur bo‘lgan uskunalarni yetkazib berish to‘g‘risida shartnoma tuzilibdi.

«Hududgazta’minot» AJ mablag‘lari evaziga 2020 yil 1 oktabrga qadar Qibray, Zangiota va Toshkent tumanlarida gazni hisoblagichlar o‘rnatiladi.

Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidan ajratiladigan kredit mablag‘lari evaziga 2021 yil 1 fevralga qadar O‘rta Chirchiq, Chinoz, Yuqori Chirchiq, Yangiyo‘l va Karmana tumanlari hamda Toshkent, Andijon, Buxoro, Guliston, Jizzax, Namangan, Nukus, Samarqand, Termiz, Urganch, Qarshi, Kattaqo‘rg‘on, Qo‘qon, Marg‘ilon shaharlarida va boshqa qarzdorlik darajasi baland bo‘lgan hududlarda mazkur tizim joriy etiladi.

2021 yil 1 avgustga qadar respublikaning boshqa hududlarida ham hisoblagichlarni to‘liq o‘rnatiladi.

Loyihani 2021 yil 1 avgustga qadar amalga oshirish uchun Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining 4 yil muddatda qaytarish sharti bilan (6 oylik LIBOR+3%) 150 million AQSH dollari miqdoridagi krediti jalb qilinadi.

Bundan tashqari, «O‘zsanoatqurilishbank» 27,5 million AQSH dollari, elektron gaz hisoblagichlarini yig‘ish uchun zarur bo‘lgan ehtiyot qismlarini Italiyadan xarid qilishga yo‘naltiriladigan Italiyaning «SACE» davlat eksport-kredit agentligining sug‘urta qoplamasi ostida xorijiy tijorat banklari krediti jalb qilinadi. Loyihaning mahalliy xarajatlarini qoplash uchun birinchi o‘rinda respublika jamg‘armalari va mahalliy tijorat banklarining mablag‘lari va zaruratga ko‘ra xorijiy moliyaviy tashkilotlar qarz mablag‘laridan foydalaniladi.

Moliya vaziriga «Hududgazta’minot» AJ kreditlari bo‘yicha vakolatlariga davlat kafolatlarini berish vakolati berilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda gaz hisoblagichlar to‘liq almashtiriladi