Joriy yilning 14-25 – sentabr kunlari Xitoy huquq jamiyati tomonidan Xitoy huquqiy almashinuv markazi, Shanxay huquq jamiyati, Shanxay siyosiy-huquqiy universiteti, Shanxay Hamkorlik Tashkiloti uchun xalqaro huquqiy ta’lim va hamkorlik markazi bilan hamkorlikda «Bir makon – bir yo‘l» tashabbusi doirasida Yevrosiyoda qonun ustuvorligi" mavzusida vebinar tashkillashtirildi.
Tadbirda Xitoy, Rossiya, Gruziya, Ozarbayjon, O‘zbekiston va boshqa mamlakatlardan 200 dan ortiq ishtirokchilar - yetakchi oliy o‘quv yurtlari rahbarlari va o‘qituvchilari, huquqshunoslar, SHHT mamlakatlari elchixonalari vakillari va professional yuridik jamoalar ishtirok etishdi.
Ikki hafta davomida Xitoyning fuqarolik, tijorat, investitsiya, korporativ, jinoiy va ma’muriy huquqlarini qo‘llash bo‘yicha bir qator ma’ruzalar tinglandi.
Vebinar doirasida «Xalqaro investitsiyalar va savdo-sotiqdagi huquqiy xatarlar va ularning yechimlari» mavzusida simpozium ham tashkillashtirildi. Bu tadbir «Bir makon – bir yo‘l» tashabbusi doirasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni huquqiy qo‘llab-quvvatlash" shiori ostida o‘tkazildi.
Ushbu simpoziumda Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy siyosat tadqiqot instituti direktori A’zam Madaminov «Bir makon – bir yo‘l» bo‘ylab joylashgan mamlakatlarning savdo-iqtisodiy qonunchiligini muvofiqlashtirish" mavzusida ma’ruza qildi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Joze Mourino Yevro—2024 favoritlarini sanab o‘tdi
Hokimlik xodimi firibgarlik ortidan qo‘lga tushdi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
Yashirin iqtisodiyot bo‘yicha qaror loyihasi Tadbirkorlik kengashi takliflari asosida qayta ko‘rib chiqiladi
Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi
Daniyada endi ayollar ham majburiy harbiy xizmatni o‘taydi
Pentagon Ukraina yuzasidan kutilmagan muammoga duch keldi