23:30 / 27.09.2020
3 270

Hamyurtiga oshpazlik va’da qilib, fohishalikka majburlagan ayol qo‘lga olindi

Hamyurtiga oshpazlik va’da qilib, fohishalikka majburlagan ayol qo‘lga olindi
Surxondaryolik 1984 yilda tug‘ilgan A.N. BAAning Alayn shahrida yurgan vaqtida Sankt-Peterburg shahrida bo‘lgan tanishi 1991 yilda tug‘ilgan Samarqand viloyati Narpay tumanilik M.G.ga o‘zi yashayotgan Alayn shahrida oshpaz yordamchisi bo‘lib ishlashni taklif qiladi.

U tanishini Olma-Ota-Dubay yo‘nalishiga chipta xarid qilib, G.M.ni Dubay shahrida kutib oladi. Yo‘l xarajatlariga 2000 AQSH dollari miqdoridagi pullarni sarflaganligini bildirib, G.M.ning fuqarolik pasportini olib qo‘yadi. Va’da qilingan oshpazlik ishi o‘rniga Alayn shahridagi ijaraga olingan uyida G.M.ni fohishalik bilan shug‘ullanishga majbur qiladi.

Samarqand viloyati IIB Transportda JXT bo‘limi huzuridagi TB tomonidan 2017 yilning 18 may kuni N.A.ga nisbatan JKning 135-moddasi 2-qismiga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hududiylik bo‘yicha Surxondaryo viloyati IIBga yuboriladi va Sho‘rchi tuman IIB tomonidan ayol qidiruvga beriladi.

Olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida N.A. shu yilning 25 sentabr kuni BAAdan olib kelinib, tegishli ichki ishlar idorasiga topshirildi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Hamyurtiga oshpazlik va’da qilib, fohishalikka majburlagan ayol qo‘lga olindi