2020 yilning 11 sentabr kuni Buxoro viloyati Qorako‘l tuman IIB xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.
Tadbir davomida, 35 yoshli D.M. (ayol) giyohvandlik vositasini sotib olish uchun borgan fuqaroning giyohvandlik vositasini iste’mol qilishi uchun o‘zining Qorako‘l tumanida joylashgan yashash uyida giyohvandlik vositalari va maxsus moslamalar bilan ta’minlab, giyohvandlik vositasini iste’mol qilishga sharoit yaratib berib, bangixona saqlash jinoyatini sodir qilgan vaqtda tadbir ishtirokchilari tomonidan aniqlangan.
D.M.ning yashash uyidan giyohvandlik vositasini chekishda foydalanilgan bir dona yelim idish (baklashka), 1 dona sigareta qutisi, falga qog‘oz bo‘laklari, yongan gugurt cho‘plari qoldiqlari, sigareta qoldiqlari, 1 dona stakan, 1 dona 50 ming so‘mlik kupyuradagi pul hujjatlashtirilib olingan. Sud kimyoviy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, bir dona yelim idishning (baklashka) ichida sof og‘irligi 0,24 gramm bo‘lgan marixuana giyohvandlik vositasi mavjudligi ko‘rsatilgan.
Shuningdek, D.M. 200 ming so‘m pullar evaziga fuqaroga marixuana giyohvandlik vositasini sotganligi aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirilib olingan. Sud kimyoviy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, tadbirda olingan moddaning sof og‘irligi 2,39 gramm bo‘lgan ozginadan ko‘proq miqdordagi marixuana giyohvandlik vositasi ekanligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Qorako‘l tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan D.M. (ayol) O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 4-qismi (Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni laboratoriyalarda yoxud o‘zganing mulki hisoblangan vositalar va asbob-uskunalardan yoki prekursorlardan foydalangan holda qonunga xilof ravishda tayyorlash yoki qayta ishlash, shuningdek bunday vositalarni iste’mol qilish yoki bangixona tashkil etish va saqlash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
"Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi!
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi