12:43 / 28.09.2020
2 101

Qamchiq dovonida Mercedes furgoni yonib ketdi

Qamchiq dovonida Mercedes furgoni yonib ketdi
Skrinshot: Telegram / FVV
Namanganda Mercedes-Benz Sprinter furgonida qisqa tutashuv natijasida yonib ketdi, deya xabar bermoqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi.

Ma’lum qilinishicha, hodisa 26 sentabr kuni soat 16:00 atrofida Toshkent–O‘sh xalqaro avtomagistralining 277-kilometrida sodir bo‘lgan. Mercedes-Benz Sprinter haydovchisi poytaxt tomonga harakatlanayotgan vaqtda mashinada yonish hidini sezgan.

Avtomobil egasi salondan chiqib ketishga muvaffaq bo‘lgan va shu orada mashina katta yong‘in boshlangan. 3 daqiqa ichida voqea joyiga Qamchiq maxsus qidiruv, o‘t o‘chirish va qutqaruv bo‘limi ekipajlari va Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Pop bo‘limi ekipaji yetib kelgan.

Skrinshot: Telegram / FVV
Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, yong‘inga mashina dvigatelidagi qisqa tutashuv sabab bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qamchiq dovonida Mercedes furgoni yonib ketdi