
Foto: Videodan skrinshot
Ijtimoiy tarmoqlarda «Zarafshon» savdo-ko‘ngilochar markazi yonida bir guruh yoshlar ishtirokida yuz bergan kelishmovchilik tasvirlangan video tarqaldi. Ushbu videodagi holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB munosabat bildirdi.
Ma’lum qilinishicha, holat 2020 yil 26 sentabr kuni soat 15:30 larda Yunusobod tumanidagi «Zarafshon» savdo-ko‘ngilochar markazi yonida sodir bo‘lgan.
Yaqin o‘rtada xizmat olib borayotgan ichki ishlar organlari xodimlari janjalni ko‘rib, zudlik bilan hodisa joyiga yetib borgan, biroq janjal ishtirokchilari ichki ishlar organlari xodimlarini ko‘rib qochib ketishgan.
«Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilib, janjal ishtirokchilarining shaxsiga aniqlik kiritilmoqda», – deyiladi IIBB xabarida.
— Shukhrat (@bankir2102) September 28, 2020
Ta’kidlanishicha, mazkur holat Toshkent shahar IIBB rahbariyati tomonidan nazoratga olindi. Tekshiruv yakuni bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berilishi aytilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar