16:11 / 30.09.2020
3 757

Yangi agentlik xodimlari o‘qotar qurol olib yurish huquqiga ega bo‘ladi

Yangi agentlik xodimlari o‘qotar qurol olib yurish huquqiga ega bo‘ladi
Illustrativ foto
«O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi to‘g‘risida»gi qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi. O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi faoliyatini, vazifalarini va asosiy yo‘nalishlarini tartibga solingan mazkur qonun loyihasida qonuniylik, mustaqillik, xolislik, hisobdorlik, ochiqlik va shaffoflikdan Agentlik faoliyatining asosiy prinsiplari etib belgilangan.

Shuningdek, loyihada Agentlik korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish bo‘yicha zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishda:
  • budjet mablag‘larining sarflanishi, davlat aktivlarining realizatsiya qilinishi, davlat xaridlari, davlat qarzlari, davlat tashkilotlari tomonidan o‘zlashtiriladigan xalqaro kredit va grant mablag‘lari, investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi va davlat dasturlari bajarilishi bilan bog‘liq materiallarni talab qilib olish va o‘rganish;
  • jismoniy va yuridik shaxslarning korrupsiya masalalari bo‘yicha murojaatlarini, shuningdek anonim murojaatlarini ham ko‘rib chiqish hamda ularning buzilgan huquqlarini tiklash va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha choralar ko‘rish;
  • davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatida korrupsiya holatlarini o‘rganish;
  • offshor hududlar orqali amalga oshiriladigan moliyaviy operatsiyalar, hayriya, sport va boshqa tashkilotlar tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish alomatlari mavjud holatlarni va korrupsiya holatlarini o‘rganish;
  • xatti-harakatlarida korrupsiyaga oid huquqbuzarlik alomatlari bo‘lgan shaxslarga nisbatan to‘plangan materiallarni qonuniy chora ko‘rish uchun vakolatli organlarga yuborish;
  • o‘ziga yuklatilgan vazifalarni tezkor va o‘z vaqtida bajarish maqsadida vazirlik va idoralarning ma’lumotlar bazasi, ro‘yxati va boshqa ko‘rinishdagi axborot tizimidan foydalanish;
  • ob’ektni deklaratsiya qilish, uning narxini (bahosini) ekspertizadan o‘tkazish tartibini belgilash;
  • mol-mulk va daromadlarni deklaratsiya qilish qoidalarini buzgan mansabdor shaxs va fuqarolarga oid materiallarni qonuniy chora ko‘rish uchun vakolatli organlarga yuborish;
  • davlat xizmatchilarining mol-mulki va daromadlarni deklaratsiya qilish yo‘riqnomasi hamda shaklini tasdiqlash;
  • korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar yuzasidan davlat va bank sirlariga taalluqli bo‘lgan, shuningdek boshqa qonun hujjatlari bilan himoyalangan ma’lumotlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri olish;
  • O‘zbekiston Respublikasining obro‘siga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan hamda davlat va jamiyatning hayotiy muhim manfaatlariga jiddiy zarar yetkazadigan korrupsion huquqbuzarliklar yuzasidan tezkor qidiruv, tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergov harakatlarini olib borish;
  • Agentlikning taqdimnoma, ogohlantirish va so‘rovlariga vaqtida javob bermaslik yoxud e’tiborsiz qoldirish holatlari yuzasidan ma’muriy bayonnomalar tuzish kabi qator huquq va vakolatlatlar berilishi nazarda tutilmoqda.

Agentlikning ogohlantirish, taqdimnoma, so‘rov va murojaatlari o‘n kun ichida ko‘rib chiqilishi va natijalari yuzasidan yozma axborot berilishi shart.

Bundan tashqari Agentlik xodimlari xizmat faoliyati davrida o‘zlariga ma’lum bo‘lib qolgan xizmat va davlat sirlarini saqlashga, shuningdek odob-axloq qoidalari va xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risida nizom hamda jamiyatda o‘rnatilgan yurish-turish qoidalariga rioya etishga majburdir ekani ham loyihada alohida belgilab qo‘yilgan. Agentlik xodimlariga ilmiy, pedagogik va ijodiy faoliyatdan tashqari haq to‘lanadigan boshqa turdagi faoliyat bilan shug‘ullanish taqiqlanadi.

Shuningdek, loyihaga ko‘ra, Agentlikning xodimlari xizmatni o‘tash davrida daxlsizlik huquqiga ega bo‘ladi. Agentlik direktorining roziligisiz Agentlik xodimi jinoiy va ma’muriy javobgarlikka tortilishi, shuningdek qamoqqa olinishi mumkin emas.

Agentlik xodimlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda o‘qotar qurol hamda boshqa shaxsiy himoya vositalarini olib yurish huquqiga ega.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yangi agentlik xodimlari o‘qotar qurol olib yurish huquqiga ega bo‘ladi