23:00 / 07.10.2020
2 293

“Lirika”ning noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi

“Lirika”ning noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi
Kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.

Xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan “Toshkent-Aero” IBKKontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi hamda DXX xodimlari bilan hamkorlikdatezkor tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida, fuqaro A.A. “shartli haridor”ga 10 million so‘m evaziga 280 dona “Lirika” dori vositalarini sotayotgan vaqtda tadbir ishtirokchilari tomonidan to‘xtatib qolindi.

Shuningdek, ushbu shaxsning cho‘ntaklarida ham 6 dona “Lirika” dori vositalari borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olindi.
Hozirda bojxona organlari tomonidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Lirika”ning noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi