Narkokurerning rejasi chippakka chiqdi

Bojxona organlari tomonidan olib borilayotgan qator tezkor tadbirlar davomida giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yilmoqda.
Xususan, Samarqand viloyati Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar vakillari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazishdi.
Tadbir davomida fuqaro S.A. boshqaruvidagi “Kobalt” rusumli avtomashina to‘xtatilib, belgilangan tartibda ko‘zdan kechirildi.
Natijada, ushbu shaxs egnidagi kiyimlari orasiga 23 gramm “opiy” giyohvandlik vositasini yashirib olganligi aniqlandi.
Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Xususan, Samarqand viloyati Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar vakillari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazishdi.
Tadbir davomida fuqaro S.A. boshqaruvidagi “Kobalt” rusumli avtomashina to‘xtatilib, belgilangan tartibda ko‘zdan kechirildi.
Natijada, ushbu shaxs egnidagi kiyimlari orasiga 23 gramm “opiy” giyohvandlik vositasini yashirib olganligi aniqlandi.
Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…