
Joriy yilning 9 oktabr kuni soat 08:50 da Samarqand viloyati Narpay tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limiga «A.Navoiy» MFY E.Ravshanov ko‘chasi hududidan oqib o‘tuvchi kanalga «Epika» rusumli mashina boshqaruvini yo‘qotishi natijasida tushib ketgani ma’lum qilindi.
Mazkur holat yuzasidan zudlik bilan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qutqaruvchilari voqea joyiga yetib borib, kanal ichidagi avtomashina salonidan haydovchi U.E.ni behush holatda chiqarib oldilar.
Ayachlisi, tuman tez yordam xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tibbiy yordam va muolaja ishlariga qaramasdan fuqaro vafot etgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar