11:33 / 14.10.2020
2 488

O‘zbekistonda soliqchilarga plastik kartalardagi mablag‘lar aylanmasi harakati haqida ma’lumot olish vakolati berilishi mumkin

O‘zbekistonda soliqchilarga plastik kartalardagi mablag‘lar aylanmasi harakati haqida ma’lumot olish vakolati berilishi mumkin
O‘zbekistonda soliq idoralariga plastik kartochkalardagi mablag‘lar aylanmasi harakati haqida ma’lumot olish vakolati berilishi mumkin. Bu haqda prezidentning “Yashirin iqtisodiyotni keskin qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni loyihasida aytilgan.

Hujjat bilan real vaqt rejimida idoralararo elektron aloqa orqali soliq organlariga taqdim etiladigan qo‘shimcha ma’lumotlar ro‘yxati tasdiqlanishi mo‘ljallangan.

Unga ko‘ra, «YEOPS» MCHJ va «NPMPS» MCHJ soliq organlariga plastik kartochkalardagi mablag‘lar aylanmalari harakati (kuniga 5 mln. so‘mdan va (yoki) 10 ta tranzaksiyadan ortiq), shuningdek har oyning boshidagi mablag‘lar qoldig‘i to‘g‘risida ma’lumot taqdim qilishi belgilab qo‘yilishi mumkin.

Bundan tashqari:
  • Moliya vazirligi - QQSni qaytarilishi bo‘yicha haqiqiy xarajatlar to‘g‘risida mablag‘ oluvchilar kesimida ma’lumot, berilgan davlat nafaqalari to‘g‘risida oluvchilar kesimida ma’lumot;
  • Markaziy bank, kredit byurosi - kredit (zayom) olishda garovga qo‘yilgan mulk (ko‘chmas mulk) to‘g‘risida ma’lumot;
  • Markaziy bank - soliq organlarining avtomatik elektron so‘rovlari asosida yuridik va jismoniy shaxslarning omonatlari, kreditlari va bank hisob raqamlaridagi pul aylanmalari to‘g‘risida ma’lumot;
  • “O‘zbekiston Respublikasi tovar-xomashyo birjasi” AJ - birja savdolari orqali amalga oshirilgan bitimlar to‘g‘risida (savdo predmeti, narx va hisob-kitob shartlari) ishtirokchilar kesimida ma’lumot;
  • Surishtiruv organlari, tergovgacha tekshirish, dastlabki tergov, sud organlari - huquqni muhofaza qiluvchi va sud organlari tomonidan olib qo‘yilgan (olingan) mol-mulk va mablag‘lar to‘g‘risida ma’lumot;
  • Kadastr agentligi - yakka tartibdagi uy-joy qurilishi, qishloq xo‘jaligi, jamoat bog‘dorchiligi, uzumchilik va polizchilik, yakka tartibdagi garajlar va ko‘p qavatli binolar uchun ajratilgan yer uchastkalari va ko‘chmas mulk to‘g‘risida toifalar kesimida: sug‘oriladigan, qurg‘oqchil, xushmanzara, yaylov ma’lumot;
  • Bosh prokuratura - jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va pul yuvish bilan bog‘liq ma’lumotlar; «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ - yuridik va jismoniy shaxslar kesimida haqiqatda foydalanilgan elektr energiyasi to‘g‘risida ma’lumot;
  • «O‘ztransgaz» AJ, «Hududiy gaz tarmoqlari» - yuridik va jismoniy shaxslar kesimida haqiqatda foydalanilgan tabiiy gaz to‘g‘risida ma’lumot;
  • Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi - yuridik va jismoniy shaxslar kesimida haqiqatda foydalanilgan suv hajmi to‘g‘risida ma’lumot taqdim etadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda soliqchilarga plastik kartalardagi mablag‘lar aylanmasi harakati haqida ma’lumot olish vakolati berilishi mumkin