Xalqimizda “Ko‘r hassasini bir marta yo‘qotadi” - degan gap bor. Bu gap bejizga aytilmagan. S.Raximov muqaddam o‘g‘rilik jinoyatini sodir etganligi sababli jinoiy javobgarlikka tortilgan edi. Lekin sud tomonidan uning yoshligi e’tiborga olinib, bir marotaba imkon berilgan edi. U jinoyati uchun jazodan ozod qilingan bo‘lsa-da, tavba neligini bilmadi.
S.Raximov, 2020 yil fevral oyining o‘rtalarida spirtli ichimlik iste’mol qilgan mast holatda o‘zganing mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida, Navbahor tumani “M.Ulug‘bek” mahalla fuqarolar yig‘ini, Jizlon dasht hududidagi S.O‘ngarovning qo‘y qo‘rasiga devor teshigi orqali g‘ayriqonuniy ravishda kirib, qo‘y qo‘ra ichidan bahosi 800.000 so‘mlik bir bosh qo‘yini yashirin ravishda talon-toroj qilib, S.O‘ngarovga umumiy hisobda 800.000 so‘mlik moddiy zarar yetkazib, A.Boqiyevga ushbu bir bosh qo‘yni o‘ziga tegishli ekanligi, mol bozorga sotib kelishi to‘g‘risida aytib, unga asossiz va yolg‘on vajlarni keltirib, ushbu qo‘yni yashirin ravishda talon-toroj qilgan.
Bundan tashqari, u o‘zining jinoiy harakatlarini takroran davom ettirib, spirtli ichimlik iste’mol qilgan mast holatda, 2020 yil fevral oyining o‘rtalarida o‘zganing mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida, Navbahor tumani, “M.Ulug‘bek” mahalla fuqarolar yig‘ini, Jizlon dasht hududidagi Ch.O‘ngarovning qo‘y qo‘rasidan A.Boqiyev va boshqalar bilan chiqib ketib, Karmana tumani hududiga borib, yana jinoiy harakatlarini niqoblash va takroriy o‘g‘irlik qilishni rejalashtirib, tergov jarayonida shaxsini aniqlash imkoni bo‘lmagan Matiz rusumli avtomashina bilan ushbu qo‘y qo‘raga kelib, qo‘y qo‘raga devor teshigi orqali g‘ayriqonuniy ravishda kirib, ushbu noma’lum Matiz rusumli avtomashina haydovchisiga ham o‘zini qo‘ylari ekanligini aytib, har birining bahosi 800.000 so‘mdan bo‘lgan ikki bosh 1.600.000 so‘mlik qo‘ylarini yashirin ravishda talon-toroj qilib, Konimex tumanidagi mol bozorga tergov jarayonida shaxsini aniqlash imkoni bo‘lmagan fuqarolarga sotib yuborgan.
Mazkur jinoyat ishi jinoyat ishlari bo‘yicha Nurota tuman sudi raisi Z.Ibragimov tomonidan ko‘rib chiqilib, S.Raximovni jamiyatdan ajratmagan holda axloqini tuzatishning imkoni yo‘q deb topilib, unga nisbatan 2 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
S.Raximov yolg‘iz yashardi. Uning o‘g‘ri va aroqqa mukkasidan ketganligini bilgan turmush o‘rtog‘i ham farzandini olib uyiga ketgan edi.
Shu o‘rinda, bobolarimizning “nima eksang shuni o‘rasan” degan maqollari naqadar to‘g‘ri ekanligi yana bir bor isbotini topadi.
Zafar Ibragimov,
Jinoyat ishlari bo‘yicha
Nurota tuman sudi raisi
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Jinoyat ishlari bo‘yicha
Nurota tuman sudi raisi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi