OTMlarda an’anaviy ta’limga qaytish imkoniyatlari tahlil qilinadi, deb ma’lum qildi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi.
17 oktabr kuni bosh vazir o‘rinbosari Behzod Musayev rahbarligidagi videoselektorda shunday qarorga kelingan.
“Oliy ta’lim tizimida an’anaviy darslarga qaytishda, avvalo, talabalar va ularning ota-onalari o‘rtasida so‘rovnomalar o‘tkaziladi. Shuningdek, OTM tomonidan muassasa imkoniyatlari tahlil qilinadi, sanitariya-epidemiologiya talablari asosida o‘quv jarayonlarini tashkil etish, talabalar salomatligini xavf ostiga qo‘ymasdan talabalar turar joylari faoliyatini tiklash imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi.
Bu borada yakuniy qaror OTMlar kengashi tomonidan talabalar, ularning ota-onalari takliflarini inobatga olgan holda sanitariya-epidemiologiya xizmati tegishli xulosasi asosida qabul qilinadi.
So‘rovnomalar natijalariga ko‘ra hamda OTM imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda respublikadagi oliy ta’lim muassasalarida an’anaviy ta’lim shakliga ruxsat etiladi”, – deyiladi xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
“Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi?
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?