20:23 / 19.10.2020
2 718

Sirdaryo va Namangan viloyatlarida firibgarlik holatlari aniqlandi

Sirdaryo va Namangan viloyatlarida firibgarlik holatlari aniqlandi
Hayotda shunday insonlar borki, ular birovning xaqqidan qo‘rqmaydilar. Qilayotgan ishlari noqonuniy ekanligini bilsalarda jinoyatim fosh bo‘lmaydi deb uylaydilar yoki «Bolta tushguncha, kunda dam olar» qabilida ish ko‘radilar. Jinoyatlar albatta fosh etiladi, jinoyatchilar esa o‘z jazosini oladi.

Sirdaryo viloyati uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi, “Ta’mirlash-tiklash xizmati” DUKda bosh mutaxassis bo‘lib ishlovchi, 1986 yil Sirdaryo viloyatida tug‘ilgan fuqaro, Mirzaobod tumanida o‘zining nomiga tashkil qilingan anorchilikka ixtisoslashtirilgan “Nuriddin asl mevalari” fermer xo‘jaligining 2,7 gektar yer maydonini tuman hokimligidagi tanishlari orqali Guliston tumanida yashovchi fuqaro nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 66 mln. so‘m olgan vaqtida DXX Sirdaryo viloyati boshqarmasi hamda Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning hududiy boshqarmasi xodimlari jinoyat ustida qo‘lga olindi.

Yangiyer shahridagi «Antiluks» MCHJda ish yurituvchi vazifasida ishlovchi, 1979 yil Sirdaryo viloyatida tug‘ilgan fuqaro hokimiyat, bank va kadastr tashkilotlarida ishlovchi tanishlari orqali Yangiyer shahrida yashovchi fuqaroga imtiyozli ravishda na’munali uy olib berishini va xususiy bog‘cha qurish uchun 10 sotix yer maydoni ajratishda amaliy yordam ko‘rsatishni va’da kilib, buning uchun 2500 AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

O‘zbekiston Temir yo‘llari AJga qarashli “O‘zvagonta’mir” AJ “Xovos vagonlarni ta’mirlash deposi” ishchisi temir yo‘l sohasida yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali fuqaroni Toshkent temir yo‘l vakzalining qo‘riqlash otryadiga ishga kiritib qo‘yish evaziga 2 000 AQSH dollari olgan vaqtida DXX Sirdaryo viloyati boshqarmasi hamda Departamentning viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.

Shuningdek, Namangan davlat universiteti doktoranti, 1987 yil Chust tumanida tug‘ilgan shaxs mahalliy fuqaroni 2 000 AQSH dollari evaziga Qirg‘iziston Respublikasi OTMlarining biriga o‘qishga kiritib qo‘yishini hamda 2021-2022 o‘quv yilida Namangan DUga o‘qishini ko‘chirtirib berishini aytib turmush o‘rtog‘i vositachiligida so‘ralgan pulni olgan vaqtida DXX Namangan viloyati Boshqarmasi hamda Departamentning hududiy boshqarmasi xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.

Bu hali hammasi emas, eng achinarlisi, ushbu shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari davom etayotgan bir vaqtda, u o‘zining jinoiy qilmishlarini davom ettirdi. Aniqrog‘i boshqa bir fuqaroga Ukraina davlatining Xarkov milliy universitetidan o‘qishini Namangan DUga ko‘chirtirib berishini va’da qilib, buning uchun 800 AQSH dollari va 2 mln so‘m olgan vaqtida qo‘lga olindi.

Bundan tashqari ushbu fuqarodan oldin ham 2000 AQSH dollari olganligi m’lum bo‘ldi.
Hozirda aniqlangan barcha holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sirdaryo va Namangan viloyatlarida firibgarlik holatlari aniqlandi