16:52 / 21.10.2020
3 695

Davlat tili - millat faxri

Davlat tili - millat faxri
Tarixga nazar soladigan bo‘lsak, O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili to‘g‘risida” gi Qonuni 1989 yil 21 oktabr kuni qabul qilindi va o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berildi.

O‘zbekiston Respublikasining 1995 yil 21 dekabrdagi №167-I-sonli Qonuniga asosan, davlat tilini izchil joriy etish jarayonini takomillashtirish va lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga mukammal o‘tishini ta’minlash maqsadida, “O‘zbekiston Respublikasining davlat tili tuo‘g‘risida”gi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilib, uning yangi tahriri qabul qilindi.

Bugungi kunda jahondagi ko‘plab mamlakatlar xalqlari davlatimiz ramzlari - O‘zbekiton Respublikasi bayrog‘i, gerbi, davlat madhiyasi qatorida o‘zbek tiliga ham hurmat bilan qarab, nafis va boy til sifatida yuksak baho berib kelmoqdalar.

Har yili 21 oktabr kuni mamlakatimizda til bayrami sifatida nishonlanishi an’anaga aylanib qolgan. Chunki, mamlakatimizda ona tilimizni yanada rivojlantirish va takomillashtirish, uning milliy ruhini oshirish, madaniyat va san’tni yuksak pog‘onalarga ko‘tarish asosiy maqsadlardan hisoblanadi.

Insoniyat tarixida tilga doimo katta e’tibor berib kelingan. Kitobda tilshunoslik fanini rivojlantirish uchun, ayniqsa tilning jamiyatda tutgan o‘rni, qo‘llanilishi va rivojlanishi uchun zarur omillar hamda tilning insonlar ma’naviyati, madaniyati, urf-odati, mentaliteti bilan bog‘liq etnolingvistik va psixolingvistik jihatlarni chuqur o‘rganishga undochi da’vatlar bor.

Ayniqsa, fundamental fanlar, zamonaviy kommunikatsiya va axborot texnologiyalari, bank-moliya tizimi kabi o‘ta muhim sohalarda ona tilimizning qo‘llanish doirasini kengaytirish, etimologik va qiyosiy lug‘atlar nashr etish, zarur tushuncha sifatida belgilanmog‘i lozim.
O‘zbek tili bayrami sudlar tomonidan ham har yili munosib qarshi olinadi.

21 oktabr – o‘zbek tili bayrami munosabati bilan, Navoiy viloyati, jinoyat ishlari bo‘yicha Navbahor tuman sudi, fuqarolik ishlari bo‘yicha Navbahor tumanlararo sudi, Navbahor tumanlararo iqtisodiy sudi va Navbahor tuman ma’muriy sudi xodimlari ishtirokida tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda ishtirok etgan o‘zbek tili bo‘yicha mutaxassis, sudya va sud xodimlariga, o‘zbek tilining paydo bo‘lishi tarixi, uni til sifatida shakllanishi, o‘zbek tiliga berilayotgan e’tibor, ona tilimizning rivojlanishi uchun davlat tomonidan berilayotgan e’tiborlar haqida tushuntirish berib o‘tdi.

O‘zbek tili bayrami kunini nishonlash bo‘yicha o‘tkazilgan ma’rifiy tadbirda, jinoyat ishlari bo‘yicha Navbahor tuman sudining raisi A.Ibodov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 21 oktabrda “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-5850-sonli Farmoni qabul qilinganligi, Farmonga muvofiq, tegishli vazirliklar va keng jamoatchilikning o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun - 21 oktabr sanasini “O‘zbek tili bayrami kuni” deb e’lon qilish to‘g‘risidagi taklif ma’qullangani hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tuzilmasida, Davlat tilini rivojlantirish departamenti tashkil etilganligi to‘g‘risida ma’lumotlar berib o‘tdi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha
Navbahor tuman sudining
raisi A.Ibodov

Tuman sudining devonxona
mudiri B.Farmonov

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Davlat tili - millat faxri