Majburiy ijro byurosi Furqat tuman bo‘limi ish yurituvidagi fuqarolik ishlari bo‘yicha O‘zbekiston tumanlararo sudining 09.07.2019 yildagi 2-1503-1901/8551-sonli sud buyrug‘iga asosan qarzdor Po‘latov Xusanjon Baxtiyorjon o‘g‘lidan undiruvchi Po‘latova Zubayda Axatovna foydasiga ikki nafar farzandlarining moddiy ta’minoti uchun har oy jami daromadining 3/1 qismi miqdorida aliment undirish bo‘yicha ijro hujjati mavjud.
Sud buyrug‘i va ijro ishi yurituvini qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi qaror nusxasi qarzdor X.Po‘latovga shaxsan taqdim etilgan. Biroq, u 2019 yil iyul oyidan 2020 yil oktabr oyiga qadar bo‘lgan 9 600 000 so‘m aliment pullarini umuman to‘lab bermagan. Buning ustiga byuro davlat ijrochilaridan qochib yurgan.
18.10.2020 yilda X.Po‘latov byuroning tuman bo‘limi qidiruv guruhi xodimlari tomonidan ushlab keltirilgan va unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-4-moddasiga asosan tegishli materiallar rasmiylashtirilgan. Biroq, to‘plangan hujjatlarga sudgacha ham yetib bormadi. O‘z harakatlari oqibatini yaxshi tushungan qarzdor 9 600 000 so‘m aliment pulini naqd shaklda to‘liq to‘lab berdi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi
Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat"
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi